Donald Trump

Donald John Trump (talaffuzi: Donald Jon Tramp; 14-iyun 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, tadbirkor, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi va jamoat arbobi boʻlib, 2017-yildan 2021-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini bajargandir. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resorts kompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (inglizcha: The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi.. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi. 2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi., biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Donald Trump prezidentligi davrida koronavirus pandemiyasi oqibatida 700 million dollarga yaqin pul yoʻqotdi. Hozirda uning boyligi taxminan 2,3 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning tijorat koʻchmas mulkdan tushgan daromadi 2016-yildan 2021-yilgacha 26 foizga, kurortlardan tushgan daromadi esa 2015-yildan 2020-yilgacha 42 foizga kamaygan. Sobiq prezident boyligining kamayishi bundan oldin ham qayd etilgan va 2020-yilda 600 million dollarga kamayib, 2,5 milliard dollarni tashkil etgan. Oʻshanda uning deyarli barcha aktivlari millionlab dollarga pastlagan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search